AQSH Suriyaga nisbatan 45 yillik cheklovni bekor qildi
AQSH Moliya vazirligi ma’lum qilishicha, 24-avgust kuni Suriya rasman terrorizmni qo‘llab-quvvatlovchi davlatlar ro‘yxatidan chiqarildi. Ushbu maqom mamlakatga nisbatan 1979-yildan beri amal qilib kelayotgan edi.
Mazkur qaror Prezident Donald Trampning iyul oyidagi tegishli bildirishnomasi hamda Kongressda kechgan 45 kunlik muhokamadan so‘ng qonuniy kuchga kirdi. Davlat kotibi Marko Rubio yangi hukumat tomonidan terrorizm bilan aloqani uzish, rasmiy Damashqni xalqaro terror tizimidan uzoqlashtirish yo‘lida tashlangan mazkur ijobiy qadam olingan majburiyat evaziga tashlanganini ta’kidladi.
Bu ijobiy o‘zgarish Suriya iqtisodiyotiga xorijiy sarmoya olib kiritilishiga g‘ov bo‘lib turgan asosiy to‘siqlardan birini olib tashlaydi. “Reuters” axborot agentligi yozishicha, yangi tartib Amerika moliya muassasalariga ushbu arab mamlakati banklari bilan hamkorlik qilish imkonini beradi. Binobarin, sanksiya joriy etilgan alohida shaxslarga nisbatan cheklov kuchida qoladi.
Bundan tashqari rasmiy Vashington Suriya rahbariyatining terrorga qarshi majburiyatini inobatga olib, “Hay’at tahrir ash-Shom” guruhiga nisbatan qo‘llangan ayrim cheklovlarni ham olib tashladi. Endi mazkur ro‘yxatda faqat Kuba, Eron va Shimoliy Koreya qoldi.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA