Qirg‘iziston chegaradan o‘tish soddalashtirilgan ilovani ishga tushirdi
Qirg‘iziston chegara xizmati fuqarolar, jumladan sayyohlar va yuk tashuvchilarga davlat chegarasidan tezroq o‘tishga yordam beradigan “Raqamli chegara” mobil ilovasini ishga tushirdi.
Ilova nazorat punkti amaliyoti, mavjud cheklov, talab qilinadigan hujjat va chegaradan o‘tish uchun eng qulay vaqtni tanlash imkonini beradi. Shuningdek, endi foydalanuvchi mamlakatda qolish qoidasi, mashhur sayyohlik yo‘nalishlari va avtomobil sug‘urtasini sotib olish imkoni haqida ham ma’lumot olishi mumkin.
Bunday xizmat hozircha jismoniy shaxslar uchun taqdim etilmoqda. Chegaradan o‘tish vaqtini qisqartirish uchun ushbu tashabbus yuk mashinasi haydovchilari uchun ham tatbiq etilishi rejalashtirilgan.
S.Rahimov, O‘zA