Qardoş ozarbayjon xalqining tarixiy xotirasiga hurmat bajo keltirildi
Boku şahrida Ikkinçi Ozarbayjon - Özbekiston parlamentlararo forumi bölib ötdi.
Forum doirasida Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva boşçiligidagi parlament delegatsiyasi qardoş xalqning tarixiy xotirasiga hurmat bajo keltirişga qaratilgan tadbirlarda iştirok etdi.

Boku şahridagi Ğalaba boğida monument poyiga gulçambar qöyilib, Ozarbayjonning hududiy yaxlitligi yölida jon fido qilgan insonlar xotirasi yod etildi.

Şuningdek, delegatsiya aʼzolari Faxriy xiyobonga taşrif buyurib, Ozarbayjon xalqining umummilliy yetakçisi Haydar Aliyev qabriga gulçambar qöydilar.

Taʼkidlaş joizki, Haydar Aliyevning zamonaviy Ozarbayjon davlatçiligini barpo etiş, xalqlarimiz örtasidagi azaliy döstlik va qardoşlik munosabatlarini mustahkamlaş yölidagi xizmatlari Özbekistonda ham çuqur ehtirom bilan yod etiladi.
N.Abduraimova,
ÖzA