Ozarbayjon – Özbekiston parlamentlararo forumida Boku deklaratsiyasi qabul qilindi
Ozarbayjon poytaxti Boku şahrida Ikkinçi Ozarbayjon – Özbekiston parlamentlararo forumi bölib ötdi. Unda ikki mamlakat parlamentlari aʼzolari, tegişli qömitalar va komissiyalar raislari, hududiy kengaşlar deputatlari iştirok etdi.
Ozarbayjon Respublikasi Milliy Majlisi Raisi Sohiba Gafarova va Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyeva Özbekiston va Ozarbayjonni tinçlik hamda barqarorlikni saqlaş, davlatçilikni mustahkamlaş va aholiga munosib turmuş şaroitini yaratişga bölgan umumiy intiliş birlaştirib turişini alohida qayd etdilar.

Xalqlarimiz örtasidagi keng kölamli aloqalarni rivojlantiriş masalasi davlat rahbarlarining doimiy eʼtiborida ekani, Ittifoqçilik munosabatlari töğrisidagi şartnomaning imzolangani esa ikki tomonlama hamkorlikni yangi bosqiçga kötargani eʼtirof etildi.

Forum davomida uçta panel sessiya ötkazildi. Birinçi sessiyada parlamentlar aʼzolari Oliy davlatlararo kengaş qarorlarining bajarilişiga kömaklaşiş haqida söz yuritdi. Bitimlarni birgalikda baholaş, kelişuvlar natijalarini tahlil qiliş, qayerda kamçiliklarga yöl qöyilayotganini aniqlaş muhimligiga eʼtibor qaratildi. Bu esa qonunlarga zarur tuzatişlar kiritiş va masʼul idoralar oldiga aniq masalalar qöyişda qöl keladi.
Ikkinçi sessiya tarmoq qömitalarining işi aynan qaysi yönalişlarda zarurligini körsatib berdi. Prezidentlarimiz 2030-yilga borib tovar ayirboşlaş hajmini 1 milliard dollarga yetkaziş maqsadini qöygan. Bu fermerlar uçun, avvalo, qardoş mamlakat bozoriga çiqiş imkoniyatidir. Şu bois, har yarim yilda tadbirkorlar bilan uçraşib, mahsulot yetkazib berişga tösqinlik qilayotgan omillarni muhokama qiliş, işni esa veterinariya va fitosanitariya talablarini uyğunlaştirişdan boşlaş taklif etildi.

Uçinçi sessiya xalqlarimiz örtasidagi madaniy-gumanitar aloqalarga bağişlandi. Hududlarda madaniyat kunlarini ötkaziş va Buyuk Ipak yöli böylab umumiy sayyohlik yönalişlarini rivojlantiriş orqali yagona ğoya – odamlarga qardoş mamlakatni özlari uçun kaşf etiş imkoniyatini beriş maqsadini kengroq röyobga çiqariş zarurligiga urğu berildi.
Panel sessiyalar yakuniga yetgaç, forum natijalari sarhisob qilindi.
Ozarbayjon Respublikasi Milliy Majlisi Raisi Sohiba Gafarova delegatsiyalarimizning qöşma taşabbuslari, deputatlar va tegişli qömitalar tomonidan amalga oşirilayotgan saʼy-harakatlar qonunçilik darajasidagi aloqalarni mustahkamlaşga xizmat qilişini taʼkidladi.

Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyeva alohida taʼkidlaganidek, Prezidentlarimiz tomonidan poydevori qöyilgan ittifoqçilik munosabatlari odamlar uning amaliy natijalarini öz hayotlarida his qilganlarida yanada mustahkamlanadi.
– Xivada biz uşbu muloqot maydonini boşlab bergan edik, – dedi T. Norboyeva. – Bokuda esa yaqin ikki yilga möljallangan iş yönalişlarini belgilab oldik. Parlamentlarimiz abadiy döstlik va ittifoqçilik munosabatlarini mustahkamlaşga hamda Prezidentlar erişgan kelişuvlarni hayotga tatbiq etişga tayyor ekanini yana bir bor tasdiqladi.

Şunday qilib, Boku forumida ikkita muhim hujjat – Boku deklaratsiyasi qabul qilindi va 2027–2028-yillarga möljallangan «Yöl xaritasi» imzolandi.
Xiva deklaratsiyasining mantiqiy davomi bölgan uşbu kelişuvlar ikki mamlakat parlamentlari örtasidagi hamkorlikning kelgusi ikki yillik ustuvor vazifalarini belgilab beradi. Bu, avvalo, hududlarda yangi qöşma loyihalarni amalga oşiriş, tadbirkorlar taşabbuslarini qonunçilik jihatidan qöllab-quvvatlaş, yangi iş örinlari yaratiş hamda yoşlar uçun taʼlim va tajriba almaşiş imkoniyatlarini kengaytirişga xizmat qiladi.
Norgul Abduraimova,
ÖzA
Boku, Ozarbayjon