Prezident nutqida mintaqadagi ekomuammolarning yechimlari ko‘rsatildi (+video)
Davlatimiz rahbarining Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan Mintaqaviy ekologik sammitdagi nutqi Markaziy Osiyo mintaqasidagi ekologik xavf-xatarlarga nisbatan yangicha yondashuvni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Qolaversa, Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi ekologik hamkorlikni sifat jihatidan yanada yangi bosqichga ko‘taradi.
Ilgari surilgan taklif va tashabbuslar mintaqa ekologik siyosatida o‘zaro hamjihatlikni mustahkamlash, barqaror yashil taraqqiyotga erishishda alohida ahamiyatga ega hisoblanadi.
Mazkur anjumanda davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan tashabbuslarning mazmuni va ahamiyati haqida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Qizilgul Qosimova o‘z munosabatini bildirdi:
— Markaziy Osiyo davlatlarining qariyb 400 million gektarga yaqin yeri mavjud. Olimlarimizning fikricha, ushbu hududning 20 foizi allaqachon degradatsiyaga uchragan.
Ostonada bo‘lib o‘tgan ekologik sammitda yurtboshimiz mintaqadagi shu kabi ekologik muammolarga e’tibor qaratibgina qolmay, bu muammolarning yechimlari bo‘yicha ham aniq takliflarni ilgari surdi.
Mintaqadagi 5 ta mamlakat bevosita bir-biriga chambarchas bog‘langan. Demakki, qaysi yo‘nalishda bo‘lmasin, davlatlarimiz birgalikda, hamjihatlikda harakat qilishi lozim bo‘ladi. Alohida holatda biror natijaga erishib bo‘lmaydi. Shu ma’noda davlatimiz rahbarining birgina «Markaziy Osiyoning toza havosi» davlatlararo konsorsiumini ta’sis etish taklifi mintaqa hududlarida havo sifatini yaxshilashda, aholi salomatligini asrashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Batafsil quyidagi videohavolada.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/zzzq6o-ThQs" title="Prezident nutqida mintaqadagi ekomuammolarning yechimlari ko‘rsatildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhtarama Komilova, Ulug‘bek To‘xtayev (video), O‘zA