“Poytaxt Bank” faoliyati o‘rganildi
FOTOREPORTAJ
Buxoro viloyatida jurnalist va blogerlar ishtirokida “Poytaxt Bank” aksiyadorlik jamiyatiga press-tur tashkil etildi. Tadbir davomida bankning hududdagi faoliyati, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda aholiga ko‘rsatilayotgan bank xizmatlari bilan tanishildi.
“Poytaxt Bank” aksiyadorlik jamiyati 2017-yilda tashkil etilgan bo‘lib, 2019-yildan zamonaviy bank sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. Bugungi kunda bank jismoniy va yuridik shaxslarga mikroqarz, avtokredit, biznesni rivojlantirish, uy-joy qurilishi loyihalarini moliyalashtirish, shuningdek, kichik, o‘rta va yirik biznes sub’ektlari uchun kredit xizmatlarini taklif etmoqda.
Press-tur ishtirokchilari “Yangi O‘zbekiston” massividagi “Dom Mobil Asia Stroy” MCHJ faoliyati hamda “Imara” MCHJ tomonidan barpo etilayotgan ko‘p qavatli uylar qurilishi, ularda aholi uchun yaratilayotgan sharoitlar bilan ham tanishdi.
Ta’kidlanganidek, “Poytaxt Bank”ning Buxoro shahridagi bank xizmatlari markazi orqali iqtisodiyotning turli yo‘nalishlarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarga kredit mablag‘lari ajratilmoqda. Shuningdek, bankda kredit, omonat, bank kartalari, xalqaro pul o‘tkazmalari, valyuta ayirboshlash va boshqa turdagi xizmatlar yo‘lga qo‘yilgan.
[gallery-30224]
Tadbir yakunida jurnalist va blogerlarni qiziqtirgan savollarga soha mutaxassislari tomonidan batafsil javob qaytarildi.
Tohir ISTATOV (surat), O‘zA