Pedagoglarning bilimi va kasbiy mahorati sinovdan o‘tmoqda
Nukus shahridagi Pedagogik mahorat markazida pedagog kadrlarning kuzgi attestatsiya sinovlari bo‘lib o‘tmoqda.
Sinov jarayonlarining adolatli va shaffof o‘tishini ta’minlash maqsadida barcha imtihon xonalari videokuzatuv kameralari bilan jihozlangan.
Mazkur attestatsiya pedagoglarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini xolis baholash, ularning malakasini oshirishga rag‘batlantirish hamda ta’lim sifatini yanada yaxshilashga qaratilgan.
[gallery-32262]
Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy kuzgi attestatsiya sinovlarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha jami 19 ming 532 nafar pedagogning ishtirok etishi kutilmoqda.
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA