Pandemiya davrida o‘zbek to‘ylari
Jahon matbuoti O‘zbekiston haqida
AQSHdagi “The Diplomat”internet saytida “Pandemiya davrida o‘zbek to‘ylari”mavzuida qiziqarli maqola qilingan edi. Maqola muallifi, ayni paytda AQSHda yashaydigan asli o‘zbekistonlik E’zoza Yakvalxo‘jayeva o‘zbek to‘ylarining o‘ziga xos jihatlarini amerikaliklarga ko‘rsatib berishga harakat qilgan.
To‘ylar masalasi biz uchun doimiy dolzarb mavzu bo‘lgani sababli ushbu maqolani o‘quvchilarimizga ham ilindik.
“Ko‘plab mamlakatlar uchun COVID-19 dahshatli uyg‘onish bo‘ldi. Davom etayotgan inqiroz jamiyat muammolarini aks ettirib, halokatli ta’sirlar hukumat tizimini misli ko‘rilmagan yo‘llar bilan sinovdan o‘tkazmoqda, – deb yozadi muallif. – Bu davrda O‘zbekistonda birinchi navbatda tanazzul sharoitida iqtisodiyot va koronavirusning ikkinchi to‘lqini bilan kurashish uchun sog‘liqni saqlash tizimi barqarorligiga e’tibor qaratildi. Ammo mamlakat bir muhim madaniy jabhada, to‘ylarni o‘tkazishga bo‘lgan munosabatlarda ham tez o‘zgarib bormoqda.
To‘y maniyasi azaldan O‘zbekistonda kattamuammolardan biri bo‘lib kelgan. Ijtimoiy mavqeini namoyish etish va egallash uchun dabdabali to‘ylarni uyushtiradigan o‘zbek oilalarining toksik madaniyati ijtimoiy darajalarga bo‘linish vaziyatini vujudga keltirdi va moddiy manfaatdorlikni kuchaytirdi. Pandemiya sabab to‘y marosimlari hajmi sezilarli darajada cheklangani ko‘plab o‘zbeklarni quvontirdi. Ayni paytda karantin choralari yumshay boshlagach, mamlakat to‘y madaniyatining tubdan o‘zgarishi bilan bog‘liquzoq davom etadigan o‘zgarishlar ostonasida turibdi.
Karantin davrida o‘zbek to‘ylarining nishonlanish tartibi koronavirusgacha bo‘lgan to‘ylardan farqli o‘laroq, 30 kishidan oshmasligi lozimligi belgilandi. Odatdagi to‘ylar 400 nafardan ortiq mehmonlar va hashamatli mashinalar karvoni ila o‘tar edi. Aksariyat odamlar yangi qonunga rioya qildi vaba’zilar ijtimoiy bosim o‘tkazilmasligi uchun buni qabul qilgani haqiqatga yaqin.
"Koronavirus – bu albatta fojia, ammo to‘ylar nuqtai nazaridan olib qaraganda ayni muddao bo‘ldi”, deydi pandemiya paytida jiyani uchun to‘y uyushtirgan Jamshid Islomov. Uning oilasi qonunga bo‘ysungan holda 30 nafar mehmonga dasturxon yozdi.Bu hozirgi paytda ko‘plab o‘zbek oilalarida keng tarqalgani alohida ta’kidlandi.
O‘zbekiston hukumatining qonunni buzganlarga nisbatan qattiq chora ko‘riishi vaziyatga o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmadi.Qonunni buzganlar jazolandi. Hukumat katta tantana bilan marosimlar uyuishtirgan bir necha taniqli shaxslarni misol qilib ko‘rsatdi.
O‘ylaymanki, xalqimiz to‘ylarni tor doirada o‘tkazishlari mumkin va bu isrofgarchilikning oldini oladi. Ammo millatimiz ushbu strategiyaga tayyormi yoki yo‘qmi, tushunib olishimiz kerak. To‘ylar o‘zbek jamiyatining ajralmas qismi bo‘lib, iqtisodiyotga ulkan hissa qo‘shadi va muhim madaniy ahamiyatga ega.
O‘zbeklarning odatdagi to‘yi ertalabki ziyofatdan boshlanib, u yerda milliy taom – osh suziladi.Tungi marosim oila a’zolari va do‘stlar bilan birga ko‘ngilxushlik qilishdan iborat. Ziyofatlar har bir mintaqada alohida ahamiyatga ega. Biroq, o‘zbek madaniyatining turli qirralarini namoyon etuvchi marosimlar butunlay o‘zgacha.
Qisman islomiy e’tiqoddan va o‘zbek xalqining mehmondo‘stlikka bo‘lgan mehr-muhabbatidan kelib chiqqan holda, so‘nggi o‘n yil ichida zamonaviy o‘zbek to‘yi haddan ziyod madaniyatda ortiqcha odatlarni keltirib chiqardi.
Afsuski ko‘plab odamlar elga to‘y berishni hayotining mazmuni deb hisoblaydilar. Sog‘lik, pul va qadr-qimmatimiz dasturxonimizning chiroyiga qarab baholanmoqda.
O‘zbekistonda to‘ylarning aksariyati belgilangan joylarda bo‘lib o‘tdi, bu yerda oilalar 400 dan 1000 gacha mehmon kutishlari mumkin edi. Boylar har biriga ming dollardan tushadigan yettita rassomni taklif qilishadi. Doimgidek beshta limuzin mehmonlarni olib keladi.Bundan tashqari, uchta videomeyker va ikkita suratkash bor – bular nima uchun?
Ushbu ortiqcha madaniyat pandemiya paytida to‘xtagan bo‘lsa-da, to‘y bilan bog‘liq boshqa urf-odatlar hamon mavjud.
Darvoqe, mehmonlar sonidagi cheklov doimiy o‘zgarish ekaniga shubha bilan qaralmoqda, chunki o‘zbek xalqi keng miqyosdagi to‘ylarni o‘tkazishga odatlangan va ular pandemiya tugashini intizorsizlik bilan kutmoqda.
Sababi, biz o‘zbeklar birovning e’tibori uchun biror narsa qilishni yaxshi ko‘ramiz – bu esa bizning eng katta fojiamiz hisoblanadi.
Masalaning yana bir jihati shundaki, aksariyat o‘zbek oilalarida dabdabali to‘ylarni o‘tkazish uchun imkoniyat yo‘q. Aholining o‘rtacha daromadi oyiga 100-300 dollar, zamonaviy to‘ylar esa kamida 20 ming dollarni talab qiladi.
Aksariyat o‘zbek oilalarining maqsadi shuki, bugungi kun me’yorlari bo‘yicha ta’sirchan to‘y o‘tkazish uchun bu raqamlar juda yuqori. Shuning uchun, ko‘pchiligimiz bir kunlik to‘yni o‘tkazish uchun hattoumrimizni sarflaymiz.
"Bunday (katta) to‘ylarni o‘tkazayotgan o‘rtaholodamlar qarzga botadi", deydi o‘zbek iqtisodchisi Abdulla Abduqodirov. «Albatta, biznes uchun bu hali ham yaxshi. Boy oilalar o‘zlarining boyligini ko‘rsatish uchun katta mablag‘ sarflaydilar va ular uchun bu oddiy hol. Ammo kam daromadli oilalar uchun bunga erishish mumkin emas», – deya tushuntiradi u.
Ammo o‘rtahol oilalar son-sanoqsiz sabablarga ko‘ra hali ham harakat qilishadi. Ba’zi ota-onalar butun umri davomida o‘z farzandlari uchun katta to‘y o‘tkazishni orzu qilsa, boshqalari farzandlarining muhim oilaviy rishtalaro‘rnatishini yoki oilasi uchun ijtimoiy obro‘sini yaratishni istashadi. Qanday sabab bo‘lishidan qat’i nazar, oilalar pulni tejashga astoydil harakat qiladi.Ba’zilari do‘stlaridan yoki oilasidan qarz oladi.Bitta xabarda O‘zbekistonda to‘ylarni o‘tkazish qarz tuzog‘i deb nomlangan, boshqalari esa chet eldan kelgan pulga bog‘liq. Chet elga pul topish uchun ketganlar o‘z farzandlarini uylantirish/uzatish uchun yillar davomida ishlaydi, oxir-oqibat bir kecha-kunduzda barcha daromadlari yo‘qolganini tushunadi.
Bu sarf-xarajatlarning barchasi iqtisodiyotga yordam beradimi, degan savolga Abduqodirovning ta’kidlashicha, bu sanoat juda katta va hatto ichki daromad uchun foydalidir, hatto COVID-19 paytida ham. Uning ta’kidlashicha, to‘ylar hatto uyda o‘tkazilayotganda ham, "iqtisodiyotga jon berish" uchun kuchi bor.
O‘zbekistondagi to‘y sanoati begemot tuzilishga ega, ammo rasmiy statistik tahlillarda u qisman hisobga olingan. Barcha tegishli xizmatlar "to‘y xizmatlari" mavjud emas. Masalan, kelinning mahri yangi uy uchun maishiy texnika va mebellarni o‘z ichiga oladi va ko‘pincha yaxshi taassurot qoldirish uchun ushbu buyumlaralbatta chetniki bo‘lishi kerak. Butun iqtisodiyot kelinlar mahriga qo‘shilishi uchun import qilinadigan tovarlarni sotishda muhim rol o‘ynamoqda.
Kichik biznesning bir qismi to‘y bilan bog‘liq xizmatlarni ham taqdim etadi, ammo rasmiy sohada hisobga olinmaydi. Sovg‘alarni o‘rash bilan shug‘ullanadigan korxonalar har bir to‘y uchun o‘rtacha qirqta sep savatini o‘rashni kutishlari, tikuvchilar bitta kelin uchun an’anaviy liboslarni bir nechta buyurtmaasosida olishi mumkin. To‘ylar uchun o‘yin-kulgilar sanoatning hisobga olinmagan eng katta qismidir. O‘zbek san’atkorlari o‘z chiqishlari uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri maosh oladi, bitimlar ro‘yxatga olinmaydi, summalar esa unchalik katta bo‘lmagan to‘lovlardir – mamlakatdagi eng mashhur qo‘shiqchilar bitta to‘yda har bir chiqishi uchun 10 ming AQSH dollarigacha pul ishlashlari tabiiy.
«Pul qayerdan olinsa ham, uning mamlakat ichida sarflanishi yaxshi. Ammo odamlar va bizning axloqiy qadriyatlarimiz nuqtai nazaridan bu bema’nilikdir. Bu isrofgarchilik, – deydi to‘y sohasi vakili Abduqodirov.
O‘zbek to‘ylari haqida gapirganda chiqindilar tushunchasi doimiy ravishda takrorlanadi. Aholining qariyb 13 foizi qashshoqlik chegarasida yashaydigan mamlakatda, boylarning to‘ylarini mingdan ziyod mehmonlar bilan birga o‘tkazishi, bu sohadagi har bir yangi modani hisobga olgan holda, odamlar yoki hukumatga ma’qul kelmaydi.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018 yilgi audioyozuvda hayratlanarli darajada ko‘rgazmali to‘ylarni uyushtirganlarni tanqid qildi. Ko‘p o‘tmay, O‘zbekiston hukumati aralashishga va 2019 yilgi farmon bilan to‘ylarning hajmini cheklashga urinib ko‘rdi va mehmonlar soniga cheklovlar qo‘ydi.Ammo natija bo‘lmadi. Odamlar katta to‘ylarni o‘tkazishda davom etdi.
Koronavirus tufaylihukumat va ko‘plab o‘zbek oilalari ancha vaqtdan beri orzu qilgan narsaga erishgan bo‘lsa-da, haddan ziyod tantanalarni to‘xtatish, uzoq muddatli o‘zgarishlarga faqat qonunlardan ko‘proq narsa talab qilinishi mumkin ekaniga umid bog‘ladi. Ayniqsa, ularni saqlab qolish motivatsiyasi asosan madaniy sanaladi.
Odamlar birovning fikri bilan yashaydi. O‘zbekistondagi to‘ylarning toksik madaniyatini qo‘zg‘atuvchi ijtimoiy kuch aniq bo‘lsa-da, ayni paytdagi sog‘liqni saqlash bilan bog‘liq inqiroz o‘zgarishlarni to‘xtatuvchi omil bo‘lishi mumkin. Biz insonlar to‘g‘ri xulosa qilishimiz lozim”, – deyiladi maqolada.
Behruz Xudoyberdiyev tarjimasi
O‘zA