O‘zbekistonliklar eng ko‘p qaysi davlatlarga safar qilmoqda?
2026-yilning yanvar–avgust oylarida 5,3 million nafar O‘zbekiston fuqarosi turistik maqsadlarda xorijiy davlatlarga safar qilgan.
Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, xorijga chiqqan O‘zbekiston fuqarolari soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 109,9 ming nafarga ko‘paygan.
Statistikaga ko‘ra, o‘zbekistonliklar asosan qo‘shni davlatlarga safar qilgan. Hisobot davrida eng ko‘p tashrif Qirg‘iz Respublikasiga to‘g‘ri kelgan — 2 427 526 nafar.
Keyingi o‘rinlarda Qozog‘iston — 955 829 nafar va Tojikiston — 876 650 nafar bilan qayd etilgan.
O‘zbekiston fuqarolari turistik maqsadda eng ko‘p borgan TOP-10 davlat quyidagilardan iborat:
— Qirg‘iz Respublikasi — 2 427 526 nafar;
— Qozog‘iston — 955 829 nafar;
— Tojikiston — 876 650 nafar;
— Rossiya — 257 567 nafar;
— Turkiya — 212 265 nafar;
— Saudiya Arabistoni — 184 155 nafar;
— BAA — 56 910 nafar;
— Xitoy — 52 043 nafar;
— Misr — 39 599 nafar;
— Vetnam — 33 439 nafar.
Shu tariqa, 2026-yilning dastlabki sakkiz oyida o‘zbekistonliklarning xorijiy safarlari geografiyasida qo‘shni davlatlar yetakchilik qilgan.
Hamroz Bayonov,O‘zA