O‘zbekistonlik oshpaz jahon chempionatida shohsupaga ko‘tarildi
Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida o‘tkazilgan "IN2HCC - 2026" jahon chempionatida hamyurtimiz Shohrux Ibragimov "Yilning eng yaxshi oshpazi" nominatsiyasida ham sovrindorlar qatoridan joy oldi.
Joriy yilgi “Indonesia International Halal Chef Competition” (IN2HCC) chempionatida turli mamlakatlardan kelgan professional oshpazlar o‘z mahorat va tajribasini namoyish etdi. Tanlovning “Chef of the Year” nominatsiyasida ishtirok etgan Shohrux Ibragimov uchinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi. Uning natijasi O‘zbekiston vakillarining xalqaro pazandachilik maydonidagi muvaffaqiyatlaridan biri bo‘ldi.
Mazkur musobaqa halol pazandachilikni rivojlantirish, milliy taomlar an’analarini targ‘ib qilish hamda soha mutaxassislari o‘rtasida xalqaro tajriba almashish uchun muhim maydon hisoblanadi.
O‘zbekiston terma jamoasining chempionatdagi ishtiroki milliy pazandachilik salohiyatini xalqaro miqyosda namoyon etish va yurtimiz oshpazlarining kasbiy mahoratini keng targ‘ib qilishga xizmat qiladi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA