O‘zbekistonda davlat-xususiy sheriklik loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish
Nurillo Ismoiljon o‘g‘li TUXTASINOV katta o‘qituvchi Toshkent davlat yuridik universiteti Toshkent, Oʻzbekiston
Annotatsiya
Maqolada O‘zbekistonda davlat-xususiy sheriklik (DXSh) loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlarining amaldagi holati tahlil qilingan hamda ularni takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari yoritilgan. DXSh sohasida amalga oshirilayotgan huquqiy va institutsional islohotlar, moliyalashtirish manbalarining tarkibi hamda loyihalarni amalga oshirish jarayonida yuzaga kelayotgan asosiy muammolar baholangan.
Tayanch so‘zlar: davlat-xususiy sheriklik, DXSh, moliyalashtirish mexanizmlari, loyiha moliyalashtirishi, aralash moliyalashtirish, tavakkalchiliklarni taqsimlash, infratuzilma investitsiyalari, O‘zbekiston.