O‘zbekistonda mediatsiya institutini rivojlantirishda Singapur konvensiyasining ahamiyati
Muxiddinova Dildora MUXIDDINOVNA ilmiy xodim Toshkent davlat yuridik universiteti Toshkent, O‘zbekiston e-mail: dildoramukhiddinova7@gmail.com
PDF shaklida yuklab olish
Annotatsiya
Ushbu maqolada xalqaro mediatsiya natijasida tuzilgan kelishuvlarni transchegaraviy ijro etishni ta’minlovchi Singapur konvensiyasining huquqiy tabiati, mazmuni va ahamiyati tahlil qilingan. Mediatsiya muqobil nizo hal etish usuli sifatida dunyo miqyosida keng tarqalayotgan bir paytda, uning samaradorligini belgilovchi asosiy omil – mediativ kelishuvlarning ijro etilishi masalasi alohida o‘rganilgan. O‘zbekistonning mediatsiya to‘g‘risidagi qonunchiligi, jumladan 2025-yilda mediativ kelishuvni majburiy ijroga qaratish mexanizmini joriy etgan islohotlar konvensiya qoidalari bilan qiyosiy tahlil qilingan. O‘zbekistonning 2026-yilda konvensiyaga qo‘shilishi ichki islohotlarning mantiqiy davomi ekani ko‘rsatilib, uning investitsiyaviy muhitni yaxshilash va mintaqaviy integratsiyani mustahkamlashdagi ahamiyati hamda konvensiyani amalga oshirish bilan bog‘liq vazifalar asoslab berilgan.
Tayanch so‘zlar: mediatsiya, Singapur konvensiyasi, mediativ kelishuv, nizolarni muqobil hal etish, transchegaraviy ijro, ijro varaqasi, investitsiyaviy muhit, xalqaro tijorat, YUNSITRAL, huquqiy islohot.