O‘zbekiston va Ozarbayjon: ishonchga asoslangan munosabatlar izchil rivojlanmoqda
Parlamentlararo ittifoqning 153-assambleyasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyeva Ozarbayjon Milliy Majlisi Raisi Sahiba Gafarova bilan uchrashdi.
Unda O‘zbekiston va Ozarbayjon Prezidentlarining ishonchga asoslangan ikki tomonlama munosabatlari izchil rivojlanayotgani ta’kidlandi.
S. Gafarova Ozarbayjonning Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvlariga qo‘shilishining tarixiy ahamiyatini qayd etdi. Bu boradagi qaror 2025-yil noyabr oyida Toshkentda o‘tkazilgan sammitda qabul qilingan.
Ikki mamlakat yetakchilarining 8-oktabr kuni Avazada bo‘lib o‘tgan sammitdagi ishtiroki mintaqaviy hamkorlik yanada mustahkamlanayotganidan dalolat berishini ta’kidlandi.
O‘zbekistonning 2027 - 2029-yillarda Qo‘shilmaslik harakatiga bo‘lajak raisligini inobatga olgan holda, Harakatning parlament tarmog‘i doirasida muvofiqlashtirishni davom ettirish va xalqaro maydonlarda qo‘shma tashabbuslarni ilgari surishga tayyorligini bildirdi.
Hamkorlikni izchil rivojlantirish maqsadida II O‘zbekiston - Ozarbayjon parlamentlararo forumini o‘tkazish va 2027 - 2028-yillarga mo‘ljallangan amaliy tadbirlar qo‘shma rejasini tayyorlash bo‘yicha kelishuvga erishildi.
N.Abduraimova, O‘zA