O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlikni boshladi
Yaponiyada XX Osiyo o‘yinlari boshlanish arafasida. Qit’aning eng nufuzli sport anjumaniga O‘zbekiston U-23 futbol terma jamoasi qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Joriy yilning 19-sentabr – 4-oktabr kunlari Yaponiyada XX yozgi Osiyo o‘yinlari o‘tkaziladi. Qit’amizning 45 ta mamlakati sportchilari ishtirok etadigan musobaqa dasturidan 43 ta sport turi bo‘yicha 71 ta yo‘nalish o‘rin olgan.
Osiyo o‘yinlarida futbol bahslari ham an’anaviy tarzda katta qiziqish uyg‘otadi. Bu gal erkaklar o‘rtasidagi musobaqada 15 ta jamoa to‘rt guruhga bo‘lingan holda g‘oliblik uchun kurash olib boradi. Bahslar 15-sentabr kuni start oladi.
“A” guruhi: Yaponiya, Tailand, Qirg‘iziston, Gonkong.
“B” guruhi: Xitoy, BAA, Eron, KXDR.
“S” guruhi: Vetnam, O‘zbekiston, Filippin, Kuvayt.
“D” guruhi: Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni, Qatar.

O‘zbekiston U-23 terma jamoasi «S» guruhidan joy olgan. Futbolchilarimiz guruh bosqichidagi birinchi uchrashuvini 15-sentabr kuni Filippinga qarshi o‘tkazadi. 18-sentabr kuni Kuvayt, 22-sentabr kuni esa Vetnam terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Qayd etish joiz, olimpiya terma jamoamiz musobaqaga tayyorgarlikni Milliy futbol markazidagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini bilan boshladi. Ravshan Haydarov boshchiligidagi jamoa yig‘in doirasida 10-sentabr kuni safarda Xitoy U-23 terma jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvida ishtirok etadi.
Bosh murabbiy mazkur yig‘inda ishtirok etadigan futbolchilarning kengaytirilgan tarkibini e’lon qildi.
Darvozabonlar: Samandar Muratbayev («Nasaf»), Maksim Murkayev («Paxtakor»), Umar Rustamov («Olimpik-MobiUz»).
Himoyachilar: G‘iyos Rizaqulov («Qizilqum»), Dilshod Murtazayev («Nasaf»), Quvonch Xushvaqtov («Nasaf»), Dilshod Abdullayev («Paxtakor»), Muhammadbobur Karimov («Paxtakor»), Diyor Abdunazarov («Nasaf»), Ro‘ziboy Fayzullayev («Olimpik-MobiUz»), Saidxon Hamidov («Olimpik-MobiUz»), Behruz Shukurullayev («Surxon»).
Yarim himoyachilar: Ravshan Xayrullayev («Buxoro»), Muhammadali Reimov («Lokomotiv»), Bunyod Rahimov («Olimpik-MobiUz»), Saidumarxon Saidnurullayev («Metallurg»), Sardor Bahromov («Nasaf»), Ollobergan Karimov («So‘g‘diyona»), Azizbek To‘lqunbekov («Bunyodkor»), Oybek O‘rmonjonov («Dinamo»), Asilbek Jumayev («Neftchi»), Muhammadali O‘rinboyev («Antverp», Belgiya).
Hujumchilar: Shodiyor Shodiboyev («Lokomotiv»), Firdavs Abdurahmonov («Dinamo»), Nurlan Ibraimov («Lokomotiv»), Amirbek Saidov («So‘g‘diyona»).
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA