O‘zbekiston Prezidenti Qozog‘istonga jo‘nab ketdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammitida ishtirok etish uchun ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.
“Sun’iy intellekt va raqamli rivojlanish” mavzusida o‘tkaziladigan yig‘ilish kun tartibidan savdo-iqtisodiyot, investitsiya, transport-kommunikatsiya va ekologiya sohalarida mintaqaviy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari o‘rin olgan.
Yetakchilar raqamli infratuzilmani rivojlantirish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish hamda sun’iy intellektni amalda qo‘llashga alohida e’tibor qaratadilar.

