O‘zbekiston — ijodkorlar va kitobxonlar yurtiga aylandi (+video)
Mustaqillik ijod ahliga azaliy orzular qatori erkinlik va yangi imkoniyatlar ham olib keldi. Bu davr san’at olamiga qanday ruh bag‘ishladi? Shoira Gulchehra Shahobiddin qizi bilan suhbatda bugungi ijodkorlar uchun yaratilgan sharoitlarga nazar solamiz.
Mustaqillik xalqimizning asriy orzusi, ijod ahli uchun esa chinakam erkinlik timsolidir. Istiqlol yurtimiz ijodkorlariga o‘zlikni anglash, milliy qadriyatlarni tiklash va erkin fikrlash baxtini tuhfa etdi. Bu davr san’at, adabiyot hamda madaniyat sohasida yangi bir uyg‘onish pallasini boshlab berdi.
Mustaqillik yillarida ijodkorlar qatag‘on va cheklovlardan xalos bo‘lishdi. Ilgari nomlarini tilga olish man etilgan ajdodlarimiz xotirasi va merosi qayta tiklandi. Bir so‘z bilan aytganda, Istiqlol ijod ahlining o‘z tarixiy ildizlariga qaytishiga zamin yaratdi.
Mustaqillikning so‘nggi yillarida qalam ahli va kitobxonlar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, “Shuhrat” medali sohibasi, shoira Gulchehra Shahobiddin qizi bilan batafsil suhbatlashdik.
Muhayyo Turdaliyeva, Nishonboy Abduvoitov, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA