Ozarbayjonda kuydirgi kasalligi aniqlandi
Ozarbayjonning Samux tumanida kuydirgi kasalligi laboratoriyada tasdiqlandi. Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oziq-ovqat xavfsizligi agentligi va “TƏBIB” (Hududiy sog‘liqni saqlash birliklarini boshqarish assotsiatsiyasi) ma’lumotlariga ko‘ra, virus qoramol orqali yuqtirilgan.
Ta’kidlanishicha, Ganjada 9 kishiga mazkur kasallik tashxisi qo‘yilgan va hozirda ular izolyatsiyaga olingan. Bemorlardan laboratoriya tekshiruvi uchun namunalar olingan.
Rasmiylar kasallikning jamoatchilik orasida tarqalishi haqida hech qanday dalil yo‘qligini ta’kidlamoqda.
Kuydirgi - bu “Bacillus anthracis” bakteriyasi keltirib chiqaradigan yuqumli kasallik. Virus asosan, kasal yoki o‘lik hayvonlar, ularning to‘qimalari yoki aynigan mol go‘shti mahsulotlari orqali yuqadi. Odamdan odamga yuqish juda kam uchraydi. Kasallik teri, o‘pka yoki oshqozon-ichak shakllarida o‘zini namoyon qilishi mumkin. Teri kuydirgisi eng keng tarqalgan. Agar kuydirgi erta aniqlansa, uni antibiotiklar bilan davolash mumkin.
S.Rahimov, O‘zA