Ozarbayjon va Pokiston sheriklikni rivojlantirmoqda
Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Jeyxun Bayramov BMT Bosh Assambleyasi 81-sessiyasi doirasida Pokiston Bosh vaziri o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Muhammad Ishoq Dar bilan uchrashdi.
“AzerTAJ” xabariga ko‘ra, mulozimlar ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklik holatini tahlil qilib, muhim yo‘nalishlarda hamkorlikni mustahkamlash yuzasidan fikr almashgan.
Tomonlar xalqaro maydonda milliy manfaatga oid masalalar bo‘yicha o‘zaro qo‘llab-quvvatlashni davom ettirish muhimligini ta’kidlagan.
A.Mamatov, O‘zA