Misr, Turkiya, Pokiston va Saudiya xusiylar hujumini qoraladi
Misr, Pokiston, Turkiya va Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vazirlari Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasi doirasida bo‘lib o‘tgan to‘rt tomonlama uchrashuvdan so‘ng qo‘shma bayonot berdi.
Tomonlar xusiylarning Saudiya hududiga hujumini qoralab, Podshohlikning suvereniteti, hududiy yaxlitligi va xavfsizligi, xalqaro hamda BMT Nizomiga muvofiq keladigan o‘zini himoya qilish bilan bog‘liq ajralmas huquqi qo‘llab-quvvatlanishini yana bir bor tasdiqladilar.
Hujjat mualliflari xavfsizlik va kemalar erkinligi muhimligini ta’kidlab, Yamanning qonuniy hukumati va Prezidentlik boshqaruvi kengashi tomonidan mamlakatda barqarorlik va taraqqiyot ta’minlanishi borasidagi sa’y-harakati ma’qullanishini bildirgan.
Shuningdek, Yaqin Sharqda barqarorlikka erishishda Falastin masalasi dolzarbligi, 1967-yildagi poytaxti Sharqiy Quddus bo‘lgan Falastin davlati tashkil etilishi zarurligi tasdiqlangan.
S.Rahimov, O‘zA