Osiyo o‘yinlari: Bugun sportchilarimiz 12 ta sport turida raqobatlashadi
Yaponiyaning Aichi va Nagoya shaharlarida o‘tkazilayotgan XX Osiyo o‘yinlarida bugun, 20-sentabr kuni O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari navbatdagi bahslarda ishtirok etadi.
Kun davomida sportchilarimiz MMA, triatlon, velosport, o‘q otish, zamonaviy beshkurash, chim ustida xokkey, sohil voleyboli, karate, stol tennisi, gandbol, suv polosi va ushu bo‘yicha bahslarga kirishadi. Ayrim sport turlarida vakillarimiz medallar uchun kurash olib boradi.
Quyida bugun bahslarda ishtirok etadigan sportchilarimiz va ularning musobaqaga kirishish vaqtlari keltirilgan. Barcha vaqtlar Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan.
MMA:
04:10 — Firdavs Atamuratov — Malik Basayel (Saudiya Arabistoni), saralash;
04:30 — Husniddin Nasriddinov — Otabek Rajabov (Tojikiston), saralash;
09:00 — Nodirbek Shavkatov — Yeun Sok Choy (Janubiy Koreya), saralash;
11:00 — Hilola Sobirova — Yu Fen Lin (Xitoy Taypeyi), saralash.
Triatlon:
04:30 — Jeremi Kuindos va Aleksandr Kurishov, erkaklar, yakkalik, final;
07:00 — Alina Hakimova va Diana Bektimirova, ayollar, yakkalik, final.
Velosport:
05:00 — Yanina Kuskova, individual bahs, medal uchun;
09:30 — Nikita Svetkov, individual bahs, medal uchun.
O‘q otish:
05:45 — Muhtasar Tohirova, 10 metr masofaga miltiqdan o‘q otish, ayollar, saralash.
Zamonaviy beshkurash:
06:00 — Samira Abzalova va Mehriniso Qahramonova, ayollar, yakkalik;
10:30 — Dmitriy Tretyakov, erkaklar, yakkalik.
Chim ustida xokkey:
07:00 — O‘zbekiston — Hindiston, ayollar, guruh bosqichi;
09:00 — O‘zbekiston — Malayziya, erkaklar, guruh bosqichi.
Sohil voleyboli:
08:00 — O‘zbekiston — Xitoy, erkaklar, juftlik.
Karate:
09:40 — Humoyunmirzo Halimov — Tevendran Sundram (Malayziya), saralash va medal uchun;
09:40 — Mehriddin To‘raxonov — Abdulrahmon Abdulhamid, saralash va medal uchun;
10:20 — Bonu Egamberdiyeva — Humayra Lubis (Indoneziya), saralash va medal uchun.
Stol tennisi:
12:00 — O‘zbekiston — Yaponiya, ayollar, guruh bosqichi;
14:30 — O‘zbekiston — Yaponiya, erkaklar, guruh bosqichi.
Gandbol:
13:30 — O‘zbekiston — Yaponiya, qizlar, guruh bosqichi.
Suv polosi:
13:40 — Xitoy — O‘zbekiston, guruh bosqichi.
Ushu:
14:00dan so‘ng — Farog‘at Nurmamatova — Alisa Haiyasit (Laos), saralash va finallar;
15:00dan so‘ng — Avazbek Mahamadjonov — Javlhar Ursaix (Mo‘g‘uliston), saralash va finallar;
15:30dan so‘ng — Doniyor Turg‘unboyev — Sarsal Naranseg (Mo‘g‘uliston), saralash va finallar.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA