Osiyo olimpiya kengashi yig‘ilishida ilg‘or tashabbuslar ilgari surildi
Yaponiyaning Nagoya shahrida Milliy olimpiya qo‘mitalari assotsiatsiyasi (MOQA) hamda Osiyo olimpiya kengashi (OOK) rahbariyati ishtirokida ishchi yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda tashkilotlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash, qit’a sportining istiqbolli yo‘nalishlari hamda strategik ahamiyatga ega qator masalalar muhokama qilindi.

Yig‘ilishda OOK vitse-prezidenti, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov hamda MOQ bosh kotibi Oybek Qosimov ishtirok etdi.
Tadbir doirasida O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari O.Umarov xalqaro va mintaqaviy sport tashkilotlari rahbarlari bilan hamkorlikni yanada kengaytirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va sport sohasida tajriba almashish yuzasidan muloqot qildi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA