O‘rmon xo‘jaligi sohasida qonunchilikka rioya etilishi ustidan prokuror nazoratining amaldagi mexanizmi
Baxtiyor Zokirovich MAMADALIEV mustaqil izlanuvchi O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi Toshkent, O‘zbekiston ruziyev.b.99@gmail.com
PDF shaklida yuklab olish
Annotatsiya
Maqolada O‘zbekiston Respublikasida o‘rmon xo‘jaligi sohasidagi qonunchilik ijrosi ustidan prokuror nazoratining joriy holati va uni tashkil etishning kompleks tahlili keltirilgan. Qonuniylik holatini baholashning nazariy va amaliy muammolari ko‘rib chiqilgan hamda o‘rmon fondiga oid statistik ma’lumotlar tahlil qilingan. O‘rmon kadastrini raqamlashtirish, shuningdek, hududiy va ekologiya prokurorlari o‘rtasida vakolatlarni chegaralash masalalari yoritilgan. Prokuror nazorati samaradorligini oshirish va o‘rmon resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlash maqsadida yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimini joriy etish zarurligi asoslangan.
Tayanch so‘zlar: prokuror nazorati, o‘rmon xo‘jaligi, qonuniylik holati, o‘rmon fondi, raqamlashtirish, vakolatlarni chegaralash, ekologik xavfsizlik.