Oltinsoy sayyohlarni chorlamoqda
Surxondaryo viloyatining Oltinsoy tumanidagi “Xo‘jaipok” sanatoriysida shu yil 14-15-oktabr kunlari “O‘zbekiston enoturizmi va milliy taomlari” festivali bo‘lib o‘tadi.
Unda shirasi tilni yoradigan uzumchilik, vinochilik an’analari, milliy taomlari, mahalliy mahsulotlari, hunarmandligi va betakror turistik salohiyati keng namoyish etiladi.
Tadbir dasturidan gastronomik ko‘rgazma va taqdimotlar, milliy madaniyat va ijodiy chiqishlar, shuningdek, turizm sohasi vakillari, tadbirkorlar va potensial hamkorlar bilan uchrashuvlar o‘rin olgan.
Festival tashkilotchilarining aytishicha, tadbir vohaning turistik salohiyatini keng targ‘ib qilib, mahalliy mahsulotlarni ommalashtirish, yangi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yib, boy sayyohlik salohiyatga ega viloyatning turistik jozibadorligini oshirishga xizmat qiladi.
Xolmo‘min Mamatrayimov,
O‘zA muxbiri