Oliy sudda yuksak davlat mukofotlari topshirildi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudida mamlakatimiz davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda Oliy sud rahbariyati, Sudyalar assotsiatsiyasi, sudyalar va sud apparati xodimlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Oliy sud raisi Robaxon Mahmudova ishtirokchilarni xalqimizning eng ulug‘ va eng aziz bayrami – davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy tabrikladi.
Tadbir davomida Prezident farmoniga muvofiq davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan yuksak davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan sudya va sud xodimlariga orden va medallar topshirildi.

Sud tizimida uzoq yillik samarali xizmatlari uchun bir guruh sudya va sud xodimlari "O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi" esdalik nishonlari bilan taqdirlandi.

Mazkur e’tirof sud tizimi xodimlarining fidokorona mehnatiga berilgan yuksak baho bo‘lishi bilan birga, ular zimmasiga xalqimizga sadoqat bilan xizmat qilish, qonun ustuvorligi va adolatni ta’minlash yo‘lida yanada katta mas’uliyat yuklashi ta’kidlandi.
N.Abduraimova, O‘zA