Yevropa astronavtlari 237 kundan so‘ng Yerga qaytdi
Fransiyalik astronavt Sofi Adeno Xalqaro kosmik stansiyada sakkiz oydan ortiq vaqt o‘tkazib, Tinch okeaniga qo‘ndi. Uning 237 kunlik kosmik safari Yevropa astronavtlari orasida eng uzoq missiya rekordini o‘rnatdi.
Adeno 8-oktabr kuni amerikalik Jessika Meir va Jek Xeteuey hamda rossiyalik kosmonavt Andrey Fedyayev bilan birga Kaliforniyaning San-Diyego sohili yaqiniga qaytib tushdi. Sayyoramiz atmosferasiga yuqori tezlikda kirgan kapsula parashyutlar yordamida sekinlashdi. Ekipaj a’zolari kosmik kemadan chiqqach, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi va AQSHdagi “NASA” markaziga olib borildi.
Sofi Adeno Fransiya tarixida ochiq kosmosga chiqqan birinchi ayol bo‘ldi. U avgust va sentabr oylarida uch marta kosmik stansiya tashqarisiga chiqib, texnik vazifalarni bajargan. Uning rekordi italiyalik astronavt Luka Parmitanoning 2019-2020-yillarda qayd etgan 201 kunlik natijasidan yuqori. Adeno endi Germaniyaning Kyoln shahrida bir necha haftalik tiklanish dasturidan o‘tadi.
Musulmon Ziyo, O‘zA