O‘chora-tadbirlarning samaradorligi tahlil qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi huzuridagi Narkotik va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi mas’ul xodimlari Jizzax viloyatining Do‘stlik tumanida bo‘lib, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish, ularning iste’moli hamda tarqalishining oldini olish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bilan tanishdi.
Tashrif davomida sohada faoliyat yuritayotgan tegishli tashkilotlar tomonidan amalga oshirilayotgan profilaktik ishlar atroflicha o‘rganildi. Xususan, aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, giyohvandlik illatiga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, shuningdek, mazkur yo‘nalishda hayotga tatbiq etilayotgan tizimli chora-tadbirlarning samaradorligi tahlil qilindi.

O‘rganishlar jarayonida giyohvandlikka qarshi kurashish sohasidagi mavjud holat yuzasidan tahlillar o‘tkazilib, profilaktika ishlarining ta’sirchanligini yanada kuchaytirish, mutasaddi idoralar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash hamda bu borada olib borilayotgan ishlarni izchil davom ettirishga qaratilgan ustuvor vazifalar va amaliy tavsiyalar belgilab berildi.

Abdujalol Qayumov, O‘zA muxbiri