Burch, jasorat, matonat – sportda ham, xizmatda ham
O‘zbekiston Respublikasi “Dinamo” jismoniy tarbiya-sport jamiyati Xorazm viloyati kengashi tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari o‘rtasida futbol birinchiligi musobaqasi ana shunday nomlandi.
Murosasiz va qizg‘in kechgan bahslarda jamoalar o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, mahorati va jamoaviy hamjihatligini namoyon etdi.

Natijalarga ko‘ra, Xorazm viloyat davlat xavfsizlik xizmati boshqarmasi futbol jamoasi birinchi, viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlaridan iborat jamoa ikkinchi va viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi terma jamoasi uchinchi o‘rinni egalladi.

Munosib ishtirok etgan va g‘olib bo‘lgan jamoalar tashkilotchilar tomonidan taqdirlandi.
Ahmadjon Shokirov, O‘zA