Toshkentda qilichbozlik bo‘yicha Jahon kubogi bahslari o‘tkazilmoqda
Poytaxtimizdagi «Yoshlik» sport arenasida qilichbozlikning sablya yo‘nalishi bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida Jahon kubogining navbatdagi bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.
Ushbu musobaqa mavsumdagi ikkinchi bosqich bo‘lib, unda 23 ta mamlakatdan 352 nafar sportchi g‘oliblik uchun bahs olib bormoqda.
Kecha o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan bellashuvlarda O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Muhammadali Tursunboyev ikkinchi o‘rinni egalladi.
Bugun esa yoshlar o‘rtasidagi musobaqalar bo‘lib o‘tmoqda. Unda mamlakatimiz sharafini 20 nafar sportchi himoya qilmoqda.
[gallery-31860]
Qilichbozlik bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Jahon kubogi musobaqalari mavsumi har yili sentabr oyida boshlanadi. Mavsum davomida jami sakkizta bosqich o‘tkaziladi.
Toshkentdagi xalqaro musobaqa 11-oktabrga qadar davom etadi.
Muhammad AMIN (surat), O‘zA