NYT: Eron, Xitoy va Isroil kompaniyalari jamoatchilik fikriga ta’sir qilish uchun avtonom AI botlaridan foydalanmoqda
AQSH razvedka xodimlari onlayn tarzda jamoatchilik fikrini boshqarishga qaratilgan samarali harakat haqida xabar tarqatgan. “The New York Times” ta’kidlashicha, Eron, Xitoy va Isroilning xususiy kompaniyalari inson aralashuvisiz soxta akkaunt yaratish, ma’lumot qo‘yish va ijtimoiy tarmoq orqali munozarada qatnashish qobiliyatiga ega avtonom AI botlaridan foydalana boshlagan.
Vashington bunday texnologiya AQSH oraliq sayloviga ta’sir qilishi mumkinligidan xavotir olmoqda.
Gazeta Isroilning sa’y-harakati Tel-Avivda joylashgan, sobiq NSO tomonidan asos solingan “Intel Eye” kompaniyasi tomonidan boshqarilayotganini ta’kidlagan. Ya’ni, kompaniya Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuni qo‘llab-quvvatlovchi hamda unga qarshi kontent tarqatadigan taxminan 1000 soxta akkauntni boshqargan. “Intel Eye” esa bu shunchaki tadqiqot tajribasi ekanini da’vo qilyapti.
S.Rahimov, O‘zA