Nukusda “Prokuraturaning 35 yilligiga 35 ming tup daraxt” aksiyasi ötkazildi
Özbekiston Respublikasi prokuraturasi organlari taşkil etilganligining 35 yilligi munosabati bilan “Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Prokuraturaning 35 yilligiga – 35 ming tup daraxt” aksiyasi amalga oşirilmoqda.
Xususan, Qoraqalpoğiston Respublikasi prokuraturasi taşabbusi bilan Nukus şahridagi “Yaşil boğ” mahalla fuqarolar yiğini hududida 3 gektardan ortiq foydalanilmasdan kelingan yer maydoni özlaştirilib, köçat ekişga tayyor holatga keltirildi.

Mazkur hududda taşkil etilgan aksiyada prokuratura organlari xodimlari, nuroniylar, faol yoşlar hamda jamoatçilik vakillari iştirok etdi.
Unda Boş prokuror örinbosari S.Samadov, Qoraqalpoğiston Respublikasi prokurori Ş.Aminov iştirok etib, mazkur tadbirning ahamiyati haqida gapirdi.

Taʼkidlanganidek, davlatimiz rahbarining taşabbusi bilan mamlakatimizda “Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasida yaşil hududlar va “yaşil belboğ”lar barpo etiş, atrof-muhit muhofazasini taʼminlaş hamda ekologik barqarorlikni mustahkamlaşga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Mazkur aksiyadan közlangan asosiy maqsad, yaşil maydonlar kölamini kengaytiriş, atrof-muhit musaffoligini taʼminlaş, hududning ekologik holatini yaxşilaş, şuningdek, aholi, ayniqsa, yoşlar örtasida ekologik madaniyatni yuksaltiriş hamda tabiatga ehtiyotkorona munosabatni şakllantirişdan iborat. Bu kabi xayrli taşabbuslar kelgusida ham izçil davom ettirilib, hududlarda yaşil maydonlarni köpaytiriş va ekologik barqarorlikni taʼminlaşga xizmat qiladi.

Aksiya iştirokçilari tomonidan şu kuni 4 ming tupga yaqin yasin, qayrağoç, yapon saforasi va çinor köçati ekildi.
Dovud Abibullayev,
ÖzA muxbiri