Pekinda Özbekistonning taraqqiyot yöli haqidagi kitobning xitoyça naşri taqdim etildi
Pekinda Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning “Özbekiston barqaror taraqqiyot va farovonlik yölida” kitobining xitoy tilidagi naşri taqdimoti ötkazildi. Tadbirda Xitoy davlat idoralari, ilmiy va ekspert doiralari, işbilarmonlar, OAV hamda diplomatik korpus vakillari qatnaşdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar bergan.
Xitoyning «Jenmin» naşriyotida çop etilgan kitob sakkiz bobdan iborat bölib, Özbekistonda amalga oşirilayotgan islohotlar, mamlakatning BMT va Şanxay hamkorlik taşkiloti bilan aloqalari, şuningdek Markaziy Osiyoning mamlakatimiz taşqi siyosatidagi örni kabi mavzularni qamrab olgan.
Davlat rahbarining mamlakat içki va taşqi siyosatiga oid nutqlari, maʼruzalari, xorijiy ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan intervyu va maqolalari kiritilgan naşrda Yangi Özbekistonni barpo etiş jarayoni, milliy taraqqiyotning ustuvor vazifalari va xalqaro hamkorlik yönalişlari aks etgan.
Taqdimotda kitob Özbekistonda yuz berayotgan özgarişlarni xitoylik öquvçilarga yetkaziş, ikki mamlakat örtasidagi özaro anglaşuvni mustahkamlaş va gumanitar aloqalarni rivojlantirişga xizmat qilişi qayd etildi.
Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qömitasi (XKP MQ) Xalqaro aloqalar bölimi mudiri Lyu Xaysin uşbu voqeani Özbekiston – Xitoy şerikligi rivoji yölidagi muhim qadam sifatida baholadi. Uning taʼkidlaşiça, Pekin Özbekistonning mustaqil taraqqiyot va modernizatsiya yölini qöllab-quvvatlaşga tayyor.

XKP MQ Tarğibot bölimi mudiri örinbosari Xon Dayon esa asarni özaro gumanitar aloqalarni rivojlantirişga qöşilgan muhim hissa, deb atadi. U siyosiy muloqot bilan birga madaniy va intellektual hamkorlik ham munosabatlarni yangi bosqiçga olib çiqişda muhim örin tutişini taʼkidladi.
Xitoy zamonaviy xalqaro munosabatlar akademiyasi prezidenti Fu Syaotsyan naşr Özbekistondagi modernizatsiya jarayonini çuqurroq anglaş imkonini berişiga urğu berdi.
– Kitobda Yangi Özbekistondagi islohotlarning strategik mazmuni, mamlakatning zamonaviy rivojlanişi va taşqi siyosat maqsadlari oçib berilgan, – dedi u. – Mazkur naşr Xitoy auditoriyasi Özbekistondagi modernizatsiya jarayonini çuqur örganişiga yordam beradi.
Şanxay hamkorlik taşkiloti Boş kotibi örinbosari Pyao Yanfan kitob Özbekistondagi islohotlar kölami va mazmunini anglaş uçun muhim manba ekanini taʼkidladi. Mamlakatda qonun ustuvorligini taʼminlaş, inson huquqini himoya qiliş va aholi farovonligini oşirişga qaratilgan saʼy-harakatlarga yuqori baho berdi.
Uning fikriça, izçil islohotlar Özbekistonning xalqaro nufuzi va iqtisodiy jozibadorligini oşirişga xizmat qilmoqda. Kitob esa Xitoy va ŞHTga aʼzo boşqa davlatlarda Özbekistonning bugungi taraqqiyotiga bölgan qiziqişni kuçaytirib, hamkorlikni yanada rivojlantirişga kömaklaşadi.

Xitoy ijtimoiy fanlar akademiyasi Rossiya, Şarqiy Yevropa va Markaziy Osiyo instituti direktori örinbosari Pan Dapen ham asarning ahamiyatini qayd etdi. Uning taʼkidlaşiça, kitob Özbekistondagi islohotlar bosqiçlarini, içki rivojlaniş va taşqi siyosat örtasidagi boğliqlikni izçil yoritgan.
Taqdimotda bildirilgan fikrlarga köra, uşbu kitob xitoy tilida çop etilişi Özbekistonning zamonaviy taraqqiyot tajribasini kengroq tarğib etiş, ikki xalq örtasidagi bilim va axborot almaşinuvini rivojlantiriş hamda Özbekiston – Xitoy hamkorligining gumanitar yönalişini mustahkamlaşga xizmat qiladi.
Mirhabib Sayfullayev, ÖzA