Noqonuniy baliq ovlaganlar uşlandi
Qoraqalpoğiston Respublikasi Ekologiya va iqlim özgarişi qömitasi Ekopolitsiyasi Kegeyli tumani bölimi tomonidan atrof-muhitni muhofaza qiliş hamda tabiiy va biologik resurslardan qonunga xilof ravişda foydalaniş holatlarining oldini oliş maqsadida navbatdagi nazorat-reyd tadbiri ötkazildi.
Reyd tadbiri davomida Kegeyli tumani “Eşon qalʼa” ovul fuqarolar yiğini hududidan oqib ötuvçi “Kegeyli” kanalidan Kegeyli tumani fuqarolari S.N, A.S, U.B hamda E.A. lar 2 dona tör yordamida, 1 dona zoğora baliq va 1 dona oq baliq, 12 dona oq amur baliğini belgilangan tartib va talablarga zid ravişda ovlagani aniqlandi.
Aniqlangan holat böyiça tabiatga keltirilgan zarar miqdori belgilangan tartibda hisoblab çiqildi. Töplangan hujjatlar amaldagi qonunçilik talablari asosida tegişli tartibda rasmiylaştirilib, çora köriş uçun Prokuratura organiga topşirildi.
Dovud Abibullayev,
ÖzA muxbiri