Korrupsiyaga qarşi kuraş: jamoatçilik nazorati va oçiqlik ustuvor
Termizda korrupsiyaga qarşi kuraşda yangi yondaşuvlar muhokama qilindi. Ikki kunlik seminarda hududiy kengaş aʼzolari davlat organlari oçiqligi va jamoatçilik nazoratini kuçaytiriş mexanizmlarini örgandi.
Surxondaryo viloyatining korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça hududiy kengaş aʼzolari uçun ikki kunlik seminar-trening ötkazildi. Unda korrupsiyaning oldini oliş, davlat organlari faoliyatining oçiqligini taʼminlaş hamda jamoatçilik nazoratini kuçaytiriş masalalari muhokama qilindi. Tadbir Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi va BMT Taraqqiyot dasturining Yevropa Ittifoqi moliyaviy kömagidagi «Özbekistonda korrupsiyaga qarşi milliy ekotizimni mustahkamlaş» qöşma loyihasi doirasida taşkil etildi.

Seminar iştirokçilari hududiy kengaşlarning vakolatlari, davlat organlari örtasidagi hamkorlik, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlaş va ularning oldini oliş mexanizmlarini atrofliça örgandilar. Ayniqsa, davlat organlarining oçiqligi, jurnalistlar bilan işlaş, fuqarolar murojaatlariga munosabat hamda jamoatçilik nazoratini kuçaytiriş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça Surxondaryo viloyati hududiy kengaşi raisi Abduraim Çoriyev korrupsiyaning oldini olişda jamoatçilik iştirokining ahamiyatini taʼkidladi. Uning sözlariga köra, korrupsiyaga qarşi kuraşiş faqat davlat organlarining vazifasi emas. Fuqarolarning faolligi, muammolarni oçiq muhokama qiliş va jamoatçilik nazorati bu borada hal qiluvçi ahamiyatga ega.

Şuningdek, hududiy kengaşlar aholidan kelayotgan murojaatlarni örganiş, korrupsiyaga sabab bölayotgan omillarni aniqlaş va masʼul taşkilotlar bilan birgalikda ularni bartaraf etişga masʼuldir. Oliy Majlis Senati aʼzosi Dilbar Suvonova ham korrupsiyaning oldini olişda jamoatçilik nazorati va davlat organlarining oçiqligi muhimligini qayd etdi. Uning fikriça, aholi davlat organlari faoliyati haqida qançalik köp va işonçli maʼlumotga ega bölsa, jamoatçilik nazorati şunçalik samarali böladi. Fuqarolarning murojaatlari va takliflariga eʼtibor qaratiş, ularni qarorlar qabul qiliş jarayonlariga jalb etiş korrupsiyaviy xavflarni kamaytirişga xizmat qiladi.

Treningning ikkinçi kuni ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlik masalalariga bağişlandi. Maşğulotlarda jurnalistlar kötargan muammolarni örganiş, xabarlardagi fakt va daʼvolarni farqlaş, davlat organlarining axborot sörovlariga munosabati hamda oçiq maʼlumotlardan foydalaniş böyiça amaliy misollar tahlil qilindi. Iştirokçilar guruhlarga bölinib, davlat xaridlari, manfaatlar töqnaşuvi va davlat resurslaridan foydalaniş bilan boğliq ehtimoliy korrupsiyaviy xavflarni muhokama qildilar.
Seminarda taʼkidlanganidek, korrupsiyaga qarşi kuraşiş faqat qonunbuzarlik aniqlangandan keyin çora köriş emas, balki uning oldini oliş uçun davlat organlari va jamoatçilikning birgalikda harakat qilişini talab etadi. Ikki kunlik trening iştirokçilarga özaro tajriba almaşiş, mavjud muammolarni muhokama qiliş va hududiy kengaşlar faoliyatini yanada samarali taşkil etiş böyiça amaliy yondaşuvlarni işlab çiqiş imkonini berdi.
Sanjar Toşpölatov, ÖzA