Netanyahu Tramp rejasini rad etdi (+video)
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu AQSH prezidenti Donald Trampning G‘azo bo‘yicha 15 banddan iborat rejasini rad etib, HAMAS qurolsizlantirilmaguncha Isroil qo‘shinlari G‘azodan olib chiqilmasligini bildirdi, deb xabar berdi VVS nashri
Netanyahuning qo‘shimcha qilishicha, Isroil qurolli kuchlari HAMAS haqiqiy ravishda qurolsizlantirilmaguncha qo‘shinlarni olib chiqmaydi va fuqarolarimizga nisbatan tahdidlarni bartaraf etishda davom etadi.
Trampning «Tinchlik kengashi» iyul oyida G‘azodagi HAMAS va boshqa qurolli guruhlarni «to‘liq qurolsizlantirish» bo‘yicha kelishuvga erishilganini ma’lum qilgan edi.
Biroq HAMAS og‘ir qurollarni topshirish Isroilning o‘z qo‘shinlarini G‘azodan olib chiqishiga bog‘liqligini bildirdi. Biroq Netanyahu Isroil G‘azodan qo‘shinlarini olib chiqishidan oldin HAMAS qurolsizlanishi kerakligini ta’kidladi. U keyingi qadamlar bo‘yicha hozirda AQSH rasmiylari bilan muzokaralar olib borayotganini ma’lum qildi.
Ammo, Isroil o‘tgan yil oktabr oyida G‘azo hududida o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi tuzilganidan beri hududga zarbalar berishda davom etmoqda.
Trampning taklif qilayotgan rejasini qabul qilib bo‘lmaydigan deb atagan milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir G‘azo bo‘yicha rejadan voz kechishga chaqirmoqda.
Bu o‘tgan yil sentabr oyida e’lon qilingan Trampning tinchlik rejasiga yana bir zarba bo‘ldi.Chunki unda HAMASni qurolsizlantirish, Isroil qo‘shinlarini olib chiqish va G‘azoni qayta tiklash ko‘zda tutilgan edi.
<iframe width="458" height="815" src="https://www.youtube.com/embed/Q4_lFbT3Ntw" title="Netanyahu Tramp rejasini rad etdi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>
Kenja Bekjonov, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA