Pokiston: tug‘uruqxonadagi yong‘inda 15 chaqaloq nobud bo‘ldi
Pokiston poytaxti Islomobod shahridagi kasalxonada sodir bo‘lgan yong‘in kamida 15 nafar yangi tug‘ilgan chaqaloqni halok qildi, deya xabar tarqatdi "Geo TV" favqulodda xizmatlar manbasiga tayanib
Ertalab Tibbiyot fanlari instituti (PIMS) tug‘uruqxonasida sovutgich kompressori portlab, olov chiqqan.
Ofat payti majmuada bo‘lgan 16 go‘dakdan faqat birginasi qutqarib qolingan. O‘t o‘chirilgan, ekipaj hududni sovutish bilan band.
Tuman ma’muriyati ma’lumotiga ko‘ra, qutqaruv guruhi yong‘in haqida xabar olgach, darhol voqea joyiga yetib kelgan. Qutqaruv ishida oltita o‘t o‘chirish va to‘rtta tez yordam mashinasi ishtirok etgan.
S.Rahimov, O‘zA