Neft-gaz sohasida hamkorlik kengaytirilmoqda: Ustyurtda 6 ta blokda qidiruv ishlari olib borilmoqda
Prezident Shavkat Mirziyoyev yoqilg‘i-energetika sohasidagi investorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazmoqda.
Neft-gaz sohasida geologiya-qidiruv ishlari, konlar samaradorligini oshirish va xomashyoni chuqur qayta ishlash bo‘yicha hamkorlik kengaytiriladi.
Hozir Ozarbayjonning «SOCAR» va Buyuk Britaniyaning «British Petroleum» kompaniyalari bilan Ustyurt mintaqasidagi 6 ta investitsiya blokida qidiruv ishlari olib borilmoqda. Xorijlik hamkorlarga taklif qilish uchun boshqa hududlarda yana 128 ta blok tayyorlangan.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ularda 5 trillion 800 milliard kub metr gaz va 560 million tonna suyuq uglevodorod resurslari mavjud. Ushbu imkoniyatlarni o‘zlashtirishda raqobat, shaffoflik va iqtisodiy samaradorlik asosiy mezon bo‘ladi.
O‘zA