Xitoy Bosh vaziri Mustaqillik monumenti poyiga gulchambar qo‘ydi
Mamlakatimizda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi Bosh vaziri Li Syan 17-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov hamrohligida “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga bordi. Yuqori martabali mehmon Mustaqillik monumenti poyiga gulchambar qo‘ydi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyov tashabbusi bilan Ona Vatanimiz, mard va jasur, tinchliksevar va mehnatkash, qahramon xalqimiz sharafiga bunyod etilgan buyuk obida – Mustaqillik monumenti haqida Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi Bosh vaziri Li Syanga so‘zlab berildi.

3 ming yillik tariximizni o‘zida aks ettirgan kompozitsiya nufuzli Xitoy delegatsiyasida yorqin taassurot qoldirdi. Unda elimizning bunyodkorlik salohiyati, buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy-ma’rifiy merosi hamda Vatan taraqqiyoti yo‘lidagi sa’y-harakatlari badiiy ifodalarda o‘z aksini topgan.

Xitoy Bosh vazirining mamlakatimizga rasmiy tashrifi davom etmoqda.
Dilshod HAKIMOV,
Nosirjon HAYDAROV(surat),
O‘zA