Navro‘z — barchani birlashtiruvchi sharafli bayram
O‘zbekiston Milliy universitetida “Navro‘zni ulug‘lash — insonni ulug‘lash” shiori ostida milliy qadriyatlar sayli ko‘tarinki ruh va yuqori kayfiyatda bo‘lib o‘tmoqda.
Bayram doirasida universitet hududida katta qozonlarda sumalak tayyorlanib, talabalar tomonidan milliy an’analarga xos tarzda pishirildi.

Tadbir davomida talabalar ishtirokida turli mavzularda sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Shuningdek, turli millat xalqlarining kuy-qo‘shiqlari, xalq laparlari va milliy marosimlar aks ettirilgan chiqishlar barchaga o‘zgacha zavq bag‘ishladi.
Rang-barang konsert dasturida talabalarning ijodiy chiqishlari, milliy qo‘shiq va raqslar bayramga yanada fayz bag‘ishladi.

Shu bilan birga, talaba qizlar o‘rtasida turli bellashuvlar tashkil etilib, ular milliy qadriyatlar, urf-odatlar va an’analarni targ‘ib qilishda faol ishtirok etmoqda.
Ushbu bayram sayli milliyligimiz, birdamlik va do‘stlik muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
N.Rahmonova, O‘zA