Murojaatlar joyida hal etilmoqda
Toshkent viloyatida Raqobat qo‘mitasi tomonidan fuqarolar, tadbirkorlar, tegishli tashkilotlar hamda OAV vakillari ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazildi. Tadbir aholi va biznes vakillarining muammolarini tinglash, ularga yechim topishga qaratilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.
Respublika bo‘ylab o‘tkazilayotgan bunday uchrashuvlarning maqsadi ochiqlikni ta’minlash va murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish ekani ta’kidlandi.

Qayd etilishicha, 2025-yil davomida qariyb 3,5 mingta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ular asosida 500 mingdan ortiq iste’molchilar huquqlari himoya qilingan va 30 mlrd so‘mga yaqin mablag‘ qayta hisob-kitob qilingan.

2026-yilning birinchi choragida esa 1000 dan ortiq murojaat ko‘rib chiqilib, 4 mingga yaqin iste’molchilar manfaati himoya qilindi hamda 1 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ qayta hisob-kitob qilinishi ta’minlandi.


Joylarda o‘tkazilayotgan ochiq muloqotlar aholi va tadbirkorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri munosabatlarni mustahkamlash, ularning muammolarini joyida hal etishda muhim maydon bo‘lib xizmat qilmoqda.
N. Rahmonova, O‘zA