“Navbahor” muxlislari mavsumda yangi rekord örnatdi
Futbol böyiça mamlakat milliy çempionatining Superligasida sovrinli örinlar uçun kuraş olib borayotgan Namanganning “Navbahor” jamoasi 26-tur doirasida öz maydonida yon qöşni – “Andijon” klubini qabul qildi.
Odatdagidek, uşbu Vodiy “derbisi” bellaşuvi ham hujumkor va murosasiz ruhda keçdi. Öyin “debyuti”dayoq taşabbusga ega bölgan mezbonlar raqib darvozasi tomon qator xavfli vaziyatlarni vujudga keltirişdi. Bu hamlalarni mehmonlar posboni va himoyaçilari mahorat bilan bartaraf etişdi.

Ikkinçi taymda ham öyin tizgini öz qöliga olgan “Loçinlar” 58-daqiqada andijonliklar darvozasini işğol qilişdi. Asadbek Rahimjonovning ajoyib töp uzatişidan söng Husayn Norçayevning uzoq masofadan yöllagan kuçli zarbasi “rekaşet” tufayli golga aylandi.

Temur Kapadze şogirdlari 1:0 hisobidagi ustunlikni uçraşuv oxirigaça saqlab qolişga erişdi. Ğalabadan söng, “Navbahor” jamoasi oçkosini 52 taga yetkazib, uçinçi örindagi mavqeini yanada mustahkamladi.
Eʼtiborlisi şundaki, öyinni Davlatobod tumanidagi "Markaziy" stadionida 23 ming 152 nafar muxlis bevosita stadiondan kuzatib bordi. Bu körsatkiç joriy mavsumdagi tomoşabinlar taşrifi böyiça namanganlik muxlislarning yangi rekordi sifatida qayd etildi.
“Navbahor” jamoasi Superliganing navbatdagi 27-turida 7-noyabr kuni Navoiy şahrida mahalliy “Qizilqum” klubining mehmoni böladi.
Oqilxon Dadaboyev, ÖzA muxbiri