Şaxmat: Şamsiddin Vohidov Qozoğiston turnirida sovrindor böldi
Qozoğistonning Olmaota şahrida şaxmat böyiça ötkazilgan “KazChess Masters Almaty 2026” xalqaro turnirida hamyurtimiz Şamsiddin Vohidov sovrindorlar qatoridan joy oldi.
10 nafar mahoratli şaxmatçilar örtasida keçgan şiddatli bahslarda Şamsiddin Vohidov 9 ta tur davomida 4 ta ğalaba, 3 ta durang, 2 ta mağlubiyat holatida 5,5 oçko jamğarişga muvaffaq böldi.

Turnirda belaruslik Denis Lazavik 6,5 oçko bilan ğoliblikka erişgan bölsa, 2-örindan 6 oçkoga egalik qilgan rossiyalik Daniil Dubov joy oldi. Hamyurtimiz Şamsiddin Vohidov 5,5 oçko bilan qöşimça körsatkiçlar evaziga bronza medalini qölga kiritdi.

Turnirda 1-örinni egallagan şaxmatçi 7 million, 2-örin sohibi 5 million hamda 3-örinni band etgan Vohidov 3,5 million Qozoğiston tengesi miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlandi.
Tölqin Röziyev,
ÖzA