Naqshbandiya tariqatida diniy bag‘rikenglik va millatlararo hamjihatlik masalalari
Ahmad Muhammadiyevich JO‘RAYEV dotsent Falsafa fanlari boʻyicha (PhD) falsafa doktori Vatan universiti Toshkent, Oʻzbekiston ORCID - 0009-0004-7341-0876 juraev.1982@mail.ru
Annotatsiya
Maqolada Naqshbandiya tariqatining diniy bag‘rikenglik va millatlararo hamjihatlikni ta’minlashdagi o‘rni ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Uning insonparvarlik, adolat, mehr-oqibat, o‘zaro hurmat va ijtimoiy hamkorlikka asoslangan tamoyillari yoritigan. Bahouddin Naqshband va tariqat namoyandalarining qarashlari asosida turli din va millat vakillari o‘rtasidagi totuvlikni mustahkamlashga xizmat qiluvchi g‘oyalar ochib berilgan. Tadqiqotda Naqshbandiya tariqatining tarixiy tajribasi hamda uning zamonaviy ko‘p millatli va ko‘p konfessiyali jamiyatlarda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashdagi ahamiyati ilmiy asoslangan.
Tayanch so‘zlar: Naqshbandiya, tasavvuf, diniy bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik, Bahouddin Naqshband, ma’naviyat, insonparvarlik, hamjihatlik.