Yangi ma’rifatli jamiyat qurishda ajdodlar merosining o‘rni ("Qutadg‘u bilig" misolida)
Marhabo ABDULLAEVA mustaqil izlanuvchi Respublika Ma’naviyat markazi qoshidagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti Toshkent, O‘zbekiston marhaboabdullayeva91@gmail.com
PDF shaklida yuklab olish
Annotatsiya
Ushbu maqolada XI asr mutafakkiri Yusuf Xos Hojibning "Qutadg‘u bilig" asaridagi ijtimoiy-siyosiy, huquqiy va axloqiy-ma’naviy g‘oyalarning zamonaviy ma’rifatli jamiyat barpo etishdagi o‘rni tadqiq etilgan. Asardagi g‘oyalar bugungi kunning barqaror rivojlanish va ma’rifatli boshqaruv mezonlari bilan qiyosiy tahlil qilingan. Asosiy maqsad – "Qutadg‘u bilig" asaridagi ijtimoiy-huquqiy modellarni zamonaviy ma’rifatli jamiyat qurush kontseptsiyasini tahlil qilish va ularning amaliy ahamiyatini ko‘rsatishdan iborat.
Tayanch so‘zlar: Yangi O‘zbekiston, ma’rifatli jamiyat, Qutadg‘u bilig, Yusuf Xos Hojib, adolat, ajdodlar merosi, komil inson, davlat boshqaruvi, adolat, ilm-ma’rifat.