Mualliflik huquqi to‘liq himoya qilinmas ekan, ijod mahsulidan noqonuniy foydalanish va tarqatish holatlari to‘xtamaydi – Prezident
Adabiyot, madaniyat va san’at sohasida yaratilgan har bir mahsulot – ijodkorning intellektual mulki.
Lekin uni himoya qilish borasidagi ishlar ahvolidan ijodkorlar mutlaqo norozi ekani ko‘rsatib o‘tildi.
–Har bir badiiy asar, musiqa, qo‘shiq muallifga daromad keltirishi kerak. Lekin mualliflik huquqi to‘liq himoya qilinmas ekan, ijod mahsulidan noqonuniy foydalanish va tarqatish holatlari to‘xtamaydi, – dedi davlatimiz rahbari.
Raqamli texnologiya va sun’iy intellekt juda tez rivojlanyapti. Har bir asarning raqamli izini yaratib, bu orqali ijodkorlar huquqini kafolatli himoya qilish mumkinligi qayd etildi.
Mutasaddilarga mazkur masalaga aniq yechim topish va ijodkorlar rozi bo‘ladigan tizim qilish topshirildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning madaniyat va san’at sohasi xodimlari bilan uchrashuvi davom etmoqda.
O‘zA