MKBANK: Yangi hayot sifatini birgalikda yaratamiz!
Zamonaviy shaharsozlikda uy sotib olish yuqori sifatli hayot muhitini tanlash demakdir. Shuni anglagan holda, MKBANK hamda NRG-BI kompaniyalari o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumi yangi bosqichga chiqdi.
Ushbu sheriklik natijasi o‘laroq, mijozlar uchun innovatsion moliyaviy mahsulot — «Mehrli ipoteka» loyihasi taqdim etildi.
Odatda, xonadon xarid qilish jarayonida avtoturargoh va qo‘shimcha omborxonalar masalasi ikkinchi darajaga o‘tib qoladi. Biroq aynan shu detallar kundalik qulaylikni belgilab beradi. «Mehrli ipoteka» endilikda NRG-BI turar joy majmualarida shaxsiy avtoturargoh va maxsus omborxonalarni imtiyozli shartlarda rasmiylashtirish imkonini beradi.
Moliyaviy yuklarni yengillashtiruvchi ushbu ipoteka turi bilan yashash muhitingizni to‘liq va mukammal holatga keltirishingiz mumkin.
Batafsil ma’lumot va shartlar bilan tanishish uchun 1285 qisqa raqamiga murojaat qiling yoki mkbank.uz rasmiy saytini kuzatib boring.
Bank axborot xizmati
Reklama huquqi asosida