Misr qirg‘oqlarida akulalar ko‘paydi: rasmiylar xavfsizlikni kuchaytirmoqda
Misrda sayyohlik mavsumi ochilishi bilan Xurgada, Sharm ash-Shayx va El-Quseyra kurortlaridagi sayoz suvlarda akulalar ko‘paydi.
Ularni mayda baliqlar to‘dalari jalb qilgani aytilmoqda. Mutaxassislar fikricha, cho‘milish hududlarida akulalarning paydo bo‘lishi sayyohlik mavsumiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
“Al Arabiya” nashri xabar berishicha, rasmiylar har bir mehmonxonadan malakali qutqaruvchiga ega bo‘lishni, qirg‘oq bo‘ylab motorli qayiq qo‘riqchilarini tashkil qilishni talab qilmoqda.
Yaqinda El Quseyra qirg‘oqlarida ikki metrli yo‘lbars akulasining paydo bo‘lishi cho‘milish havzalarining vaqtincha yopilishiga sabab bo‘lgandi.
S.Rahimov, O‘zA