Mevalar mag‘zidan – mo‘may daromad
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanidagi Toshkent mahallasida joylashgan “Shakar bodom” oilaviy korxonasi o‘rik, bodom, olxo‘ri kabi danakli mevalar mag‘zi, uzum, olma urug‘i qayta ishlanadi. Mag‘izdan olinadigan moylar parfyumeriya sanoatida keng qo‘llaniladi.
Korxona yiliga 1000 tonna mahsulotni qayta ishlash, saralash hamda qadoqlash quvvatiga ega. Bu yerda 15 nafar doimiy, 50 nafar mavsumiy ishchi mehnat qilmoqda.
[gallery-31536]
O‘tgan yili 850 ming AQSH dollarilik mahsulot Turkiya va Yevropa davlatlariga eksport qilingan bo‘lsa, bu yil ushbu ko‘rsatkichni 1 million dollarga yetkazish ko‘zda tutilgan.
Ta’kidlash kerak, tumanda joriy yilda 168 million 470 ming AQSH dollarilik eksport amalga oshirildi. Jarayonda “Runamteks”, “Oqtosh tekstil”, “Dilrabo SDA”, “Iftixor kiyim sanoat”, “Sardor, Bahrom ZOO” MCHJ kabi korxonalar ulushi katta. Ular qatoriga “Shakar bodom” oilaviy korxonasi ham qo‘shilib, ishlab chiqarish hajmini oshirish, ish o‘rinlarini ko‘paytirishni qamrab olgan yangi loyihalarni tayyorlamoqda.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA