Metafora ilmiy tadqiqot ob’ekti sifatida
Hamida Xolmatovna JURAQOBILOVA dotsent Qarshi davlat universiteti Qarshi, O‘zbekiston e-mail: hamidajurakabilova@yahoo.com ORCID ID: 0000-0002-8833-9804
Annotatsiya
Maqolada XX asr tilshunoslarini birlashtiruvchi lingvistik hodisaga aylangan kognitiv metaforani o‘rganishga doir tadqiqotlar o‘rganilgan va fikrlar tahlil qilingan. Metafora olamni bilishning asosiy usullaridan biri sifatida tilshunoslikning yangi yo‘nalishlari nuqtai nazaridan ta’riflangan.
Tayanch so‘zlar: metafora, ma’no ko‘chishi, kognitiv metafora, kognitiv tilshunoslik, konseptual metafora, konsept, lingvistik hodisa, nutq uslubi.