Messi Jahon chempionatlari tarixida yangi rekord o‘rnatdi
FIFA matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, Messi mundial tarixida ketma-ket uchta finalni asosiy tarkibda boshlagan ilk futbolchiga aylandi.
Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi JCH–2026 finalida Ispaniyaga qarshi uchrashuvni asosiy tarkibda boshlab, Jahon chempionatlari tarixidan joy oldi.
FIFA matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, Messi mundial tarixida ketma-ket uchta finalni asosiy tarkibda boshlagan ilk futbolchiga aylandi.
39 yoshli hujumchi bungacha ham 2014-yil Braziliyada o‘tkazilgan Jahon chempionati finalida Germaniyaga qarshi (0:1) hamda 2022-yil Qatardagi finalda Fransiyaga qarshi (3:3, penaltilar seriyasida 4:2) ilk daqiqalardan maydonga tushgan edi.
Braziliyalik afsona Kafu ham faoliyati davomida uchta Jahon chempionati finalida ishtirok etgan. Biroq u 1994-yilgi finalda zaxiradan maydonga tushgan, 1998 va 2002-yilgi finallarnigina asosiy tarkibda boshlagan.