Argentina futbol assotsatsiyasi Messiga murojaat qildi: “Seni doimo sevamiz, Leo”
39 yoshli Messi taqdirlash marosimida ko‘z yoshlarini tiya olmadi.
Argentina terma jamoasi JCH–2026 finalida Ispaniyaga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lganidan so‘ng sardor Lionel Messiga bag‘ishlangan ta’sirli murojaatni e’lon qildi.
"Sening ko‘z yoshlaring — bizning ham ko‘z yoshlarimiz, sardor. Sen bizga hayotimizdagi eng yorqin lahzalarni tuhfa etding.
Sadoqating, ajoyib o‘yining va oxirgi soniyagacha kurashganing uchun rahmat. Biz seni doimo sevamiz, Leo!" — deyiladi Argentina terma jamoasining rasmiy sahifasida.
39 yoshli Messi mukofotlash marosimida ko‘z yoshlarini tiya olmadi.
Eslatib o‘tamiz, Argentina JCH–2026 finalida Ispaniyaga qo‘shimcha bo‘limlarda 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib, amaldagi jahon chempioni maqomini topshirdi va turnirni kumush medallar bilan yakunladi. Ispaniya esa o‘z tarixida ikkinchi bor Jahon chempioni bo‘ldi.